» » Saudiyani Rossiya—2018 ga olib chiqqan Bert van Marveyk, Jahon Chempionatiga Avstraliya termasini olib boradi

Saudiyani Rossiya—2018 ga olib chiqqan Bert van Marveyk, Jahon Chempionatiga Avstraliya termasini olib boradi


Gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk futbol bo‘yicha Avstraliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Endilikda yashil qit’a termasi Rossiya—2018 mundialiga aynan uning boshqaruvida tashrif buyuradi.

Van Marveyk aslida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga mundial chiptasini taqdim etgan, biroq tushunarsiz sababga ko‘ra mamlakat futbol federatsiyasi bilan xayrlashgandi. Uning jamoasi saralashda aynan Avstraliyani ortda qoldirib ketgandi.

O‘z navbatida Avstraliya futbol federatsiyasi ham aynan shu sababni inobatga olgan. Aytilishicha, Avstraliyaga qarshi o‘yinlar oldidan gollandiyalik murabbiy raqiblarini yaxshilab o‘rgangan. Shundan kelib chiqib, u Avstraliya termasi haqida yaxshi tasavvurga ega. Shuningdek, murabbiy 2010-yilgi Jahon Chempionatida Gollandiya termasini finalga qadar yetaklab borgandi.

Avstraliya termasini mundialga Ange Postekoglu olib chiqqan. Biroq u pley-off raundini bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Bunda avvaliga Suriya, keyinroq esa Gonduras ortda qoldirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma qo‘lga kiritilmaganidayoq avstraliyaliklar Ange Postekogluni iste’foga chiqarishlarini ma’lum qilishgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют