» » Taqvim: Uzbek Tigers WSB musobaqasini 10-fevral kuni Kubaga qarshi janglar bilan boshlaydi

Taqvim: Uzbek Tigers WSB musobaqasini 10-fevral kuni Kubaga qarshi janglar bilan boshlaydi


Ozbekiston boks federatsiyasiga qarashli Uzbek Tigers jamoasi WSB turnirida uchinchi bor ishtirok etadi.

Ozining debyut mavsumida yarim finalga qadar yetib borgan va Kubaning Cuba Domadores klubidan yengilgan ozbekistonlik bokschilar yoliga ikkinchi mavsumda ham aynan kubaliklar toganoq bolgandi. Samarqanddagi amfiteatrda kechgan chorak final toqnashuvida Uzbek Tigers raqibini 3:2 hisobida taslim qilgan, biroq Kubada imkoniyat boy berilgandi 0:5.

Endi kubaliklar Uzbek Tigersga yanada yaqinroq keldi. Chempionlik uchun davogar bolgan bu jamoalar guruh bosqichining ozidayoq toqnash keladi. Mazkur zonadan, shuningdek, Kolumbiya va Venesuela jamoalari ham joy olgan.

Taqvimga kora, 10-fevral kuni ozbekistonlik bokschilar Kubada mehmon boladi. 27-fevral kuni esa kubaliklar Toshkentda ringga chiqadi. Oradan ikki kun otib, aniqrogi 1-mart kuni Ozbekiston ringlariga Kolumbiya bokschilari chiqib keladi.

Ikkinchi davra janglari sanasi hozircha nomalum. Boks federatsiyasining Daryoga malum qilishicha, Venesuela terma jamoasi barcha har 10 ta jangni ham Ozbekistonda otkazish taklifi bilan chiqqan. Bu taklif Uzbek Tigersga ham maqul kelgan. Ayni paytda jang sanalari borasida kelishuv davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-01-2018, 16:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -