» » USAID O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi

USAID O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi


AQShning xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentligi (USAID) O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi va korporativ boshqaruv bo‘yicha ilmiy-ta’limiy markaz bilan hamkorlikda O‘zbekiston hukumati, xususiy sektor va xalqaro hamjamiyat vakillari uchun JST jarayonlariga o‘qitish bo‘yicha bir qator seminarlar o‘tkazdi. Bu haqda USAID’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Seminarlarda JST masalalari hamda Markaziy Osiyo va butun dunyo bo‘yicha savdo masalalari bo‘yicha katta ish tajribasiga ega xalqaro ekspertlar spiker sifatida ish yuritdi”, — deyiladi xabarda.

24-yanvar kuni ishtirokchilarni JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga o‘rgatish va noto‘g‘ri tushunchalarni izohlash maqsadida seminar o‘tkazildi. Unda turli davlat organlarning 50 dan ziyod vakili ishtirok etdi.

Jahon savdo tashkilotiga (JST) mamlakatlar o‘rtasidagi savdo qoidalari bilan shug‘ullanuvchi yagona global xalqaro tashkilot hisoblanadi. JSTga a’zolik raqobatbardoshlikni oshirishga, savdo hajmini oshirishga va bunda butun dunyoda qoida hamda taomillarning izchillik bilan qo‘llanilishiga ko‘maklashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют