» » Tereza Mey Davosda terrorchilar Telegram’dan qanday foydalanishini so‘zlab beradi

Tereza Mey Davosda terrorchilar Telegram’dan qanday foydalanishini so‘zlab beradi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi tribunasidan qanday qilib internet dasturlar terrorchilar va jinoyatchilar qo‘lida qulay vositaga aylanishi mumkinligini Telegram misolida eslatib o‘tish niyatida. Uning nutqidan parchalar bosh vazir devonxonasi matbuot xizmati tomonidan tarqatildi, deb yozadi “TASS”.

Mey internet-gigantlari ekstremistik mazmundagi kontentlarni avtomatik o‘chirishda faolroq bo‘lish zarurati haqida so‘zlay turib, tarmoqlararo harakatlar talab etilishi, chunki kichikroq o‘lchamdagi platformalar jinoyatchilar va terrorchilar uchun tezroq boshpana bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

“Telegram bilan nima yuz berganligini ko‘rdik. Bu kabi kichikroq platformalar faolroq hamkorlik qilishi talab etiladi. Hech kim uni ‘terrorchilar platformasi’ yoki pedofillar uchun optimal variant sifatida bilishlarini istamaydi”, — deyiladi Mey murojaatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют