» » The Financial Times o‘zbekistonlik pianino ustasi Bekzod Abduraimov haqida maqola chop etdi

The Financial Times o‘zbekistonlik pianino ustasi Bekzod Abduraimov haqida maqola chop etdi


O‘zbekistonlik yosh pianino ustasi Bekzod Abduraimov shu kunlarda Londondagi musiqiy tanlovda chiqish qildi, deb xabar beradi “Narodnoye slovo”.

“Bekzod Abduraimov 2009-yilda pianino ustalarining xalqaro tanlovida bosh sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng butun dunyoga tanildi. Iste’dodli pianinochi hatto britaniyaliklar nazariga tushgan. O‘tgan yili u minglab tomoshabinlar qarshisida markaziy Trafalgar maydonidan rossiyalik Valeriy Georgiyev bilan birga chiqish qildi”, — deyiladi xabarda.

Bekzod yaqinda “Barbikan” konsert zalida Frans Shubert, Ferens List va Sergey Prokofyev ijodi namunalarini ijro etdi va muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

The Financial Times gazetasida Bekzod Abduraimov haqida maqola chop etildi. Unda shunday deyiladi:

“Bekzod yoshiga nisbatan yosh ko‘rinadi. Biroq u oliy texnikaga ega. Bekzod o‘zi tug‘ilib o‘sgan O‘zbekistonda va AQShda ta’lim olgan. Bugungi konsertda u barchaga sevimli musiqalarni mahorat bilan ijro etdi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют