» » O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining fikrlari, o‘zbek futbolining yangi rahbari, hayot uchun kurashayotgan 15 igna tiqilgan bolakay va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining fikrlari, o‘zbek futbolining yangi rahbari, hayot uchun kurashayotgan 15 igna tiqilgan bolakay va kunning boshqa muhim xabarlari


25-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Muhojirlar hayoti. Vladivostokdagi farg‘onalik yigit: “Qaytgim kelyapti. Lekin O‘zbekistonda buncha pul topishim qiyin”. “Daryo” xorijdagi vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilib boradi.

2. Farg‘ona viloyati hokimligi vakili: Viloyat hokimi Toshloq tumani aholisini emas, rahbariyatini tanqid qildi. Avvalroq Shuhrat G‘aniyevning ovozi yozilgan audio tarqalib ketib, shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

3. Sog‘liqni saqlash vazirligi tanasidan 15 ta igna topilgan 11 oylik go‘dak hayotdan ko‘z yumganligi haqidagi ovozalarni rad etdi. Bolaning holati chindan ham og‘ir, biroq shifokorlar hozirda uning hayoti uchun kurashmoqda.

4. O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi. Xabar berishlaricha, hozirda O‘zbekistondagi kollejlarning moddiy-texnik jihozlanishi darajasi 56 foizni tashkil etmoqda.

5. Ochilboy Ramatov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti etib saylandi. Futbol federatsiya esa futbol assotsiatsiya etib qayta tashkil etiladigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют