» » Toshkentda uy egasi uxlab qolganidan foydalangan mehmon 2 million so‘mlik mol-mulkni o‘g‘irlab ketdi

Toshkentda uy egasi uxlab qolganidan foydalangan mehmon 2 million so‘mlik mol-mulkni o‘g‘irlab ketdi


Toshkentda mezbon uxlab qolganidan foydalangan mehmon uydagi buyumlarga changal soldi. Jinoyat huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan fosh etildi.

“23-yanvar kuni soat 17:00 larda 1979-yilda tug‘ilgan Dyakin Fyodor Viktorovich Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Kovalyov Vyacheslav Aleksandrovichning xonadoniga mehmon sifatida kelib, uning uxlab qolganidan foydalanib, 2100000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarnomasida.

Holat yuzasidan, JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют