» » Shahand qishlog‘idan chiqqan akademik o‘zi o‘qigan maktabga keldi

Shahand qishlog‘idan chiqqan akademik o‘zi o‘qigan maktabga keldi


Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Shahand qishlog‘idan chiqqan birinchi akademik 1991-yilda 33-umumta’lim maktabining 11-sinfini a’lo baholarga bitirib, Namangan davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi. Tumandagi 35-umumta’lim maktabida yoshlarga biologiya fanidan saboq berdi.

So‘ngra magistraturada bilimini mustahkamlab, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish yo‘lini tanlagan yosh olim qisqa vaqtda fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. Mavzuga oid izlanishlarini davom ettirib, doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Uchrashuvda Komiljon Tojiboyev hayotiy tajribalari haqida gapirib berdi. Ilm yo‘lining mashaqqatlarini yengib o‘tish bo‘yicha yoshlarga asqotadigan maslahatlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют