» » Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekistonda neft-gaz sohasi samaradorligi va istiqbollari muhokama qilindi

Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekistonda neft-gaz sohasi samaradorligi va istiqbollari muhokama qilindi


Shavkat Mirziyoyev raisligida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg‘i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta’minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

2017-yilda neft va gaz kondensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko‘plab muammolar to‘planib qolgan.

Zaxiralar yetarli darajada oshirib borilmagani sababli o‘tgan yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi burg‘ilash hajmi bo‘yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to‘liq ado etilganida zaxirani yanada oshirish mumkin bo‘lardi.

Shuningdek, ekspluatatsion burg‘ilash ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan quduqlar soni prognozi 53 foizga bajarilgan, xolos.

Tabiiy gaz qazish quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ta’mirlash ishlari ham yetarli darajada emas. Buning oqibatida gaz qazib olishdan boshlab, uni iste’molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi yo‘qotilmoqda.

Prezident shu kabi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilar ekan, uglevodorod zaxiralarini oshirish va qazib chiqarishni ko‘paytirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab berdi.

Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2018- yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasini 3,6 million tonnaga ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.

Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik ob’ektni qurish ishlarini yakunlash, 76 ta quduqni kapital ta’mirdan chiqarish lozimligi qayd etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo‘naltiriladi.

Yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi neft-gaz sohasi hissasiga to‘g‘ri kelishi, sarflangan har bir dollar iqtisodiy foyda keltirishi zarurligi ta’kidlandi.

Gaz taqsimlash tizimi jismonan eskirgani va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o‘rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, avtotransportlarni gazga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют