» » Aqto‘beda yongan avtobusning 3 nafar haydovchisi hibsga olindi

Aqto‘beda yongan avtobusning 3 nafar haydovchisi hibsga olindi


Qozog‘iston IIV tergov departamenti tergov-tezkor guruhi tomonidan Aqto‘beda avtobus yonishi bilan bog‘liq jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Aqto‘be viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tergov davomida yong‘inga haydovchilar tomonidan transport vositasidan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, avtobus salonida kavshar lampadan foydalanilgani sabab bo‘lgani aniqlandi.

To‘plangan dalillar asosida mazkur jinoyatga avtobusning 3 nafar haydovchisi ham aloqador ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda ular qo‘lga olingan va Aqto‘be shahar IIB hibsxonasida saqlanmoqda.

Qozog‘iston Jinoiy kodeksining 345-moddasi, 4-qismi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergovning borishi Qozog‘iston bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi nazoratiga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют