» » O‘zbekiston IIV yoshlarni ishga taklif qilmoqda

O‘zbekiston IIV yoshlarni ishga taklif qilmoqda


Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tashkil etilgan tadbir mehnat faoliyatini ichki ishlar tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida davom ettirish istagidagi yoshlarni sohaga jalb etishga bag‘ishlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda sohadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.

Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmalarida shifokorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Ichki ishlar idoralari xodimlari uy-joy bilan taminlanmoqda. Ijarada turganlarga ijara to‘lovlari, mutaxassisliklar bo‘yicha malaka oshirish to‘lovlari to‘lab berilmoqda.

Bundan tashqari, reja asosida shifokorlarning kasb malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

— Ichki ishlar tizimiga ishga kirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun maxsus talablarimiz bor, – deydi IIV kadrlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimi N.Haqberdiyev. — O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, tegishli mutaxassislik diplomiga ega yoshlar ikki bosqichdan iborat sinovdan o‘tadi. Bunda suhbat, harbiy-tibbiy ko‘rik kabi sinovlar topshiriladi.

IIV tizimida ishlash istagidagi yoshlar uchun ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, hozir tizimdagi huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov, davolash-profilaktika yo‘nalishlarida, shuningdek, patrul-post xizmati, qo‘riqlash bo‘linmalarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют