» » Turkiya eksportchilari Assambleyasidan Ac?badem Healthcare Group uchun jamoaning 25 yillik yubileyiga olingan katta mukofot!

Turkiya eksportchilari Assambleyasidan Ac?badem Healthcare Group uchun jamoaning 25 yillik yubileyiga olingan katta mukofot!


Inson uchun sog‘liqdan muhim narsa yo‘q va kishi o‘z hamda oilasi sog‘lig‘i uchun xotirjam bo‘lgandagina yanada ilgariroq harakat qiladi, rivojlanadi va o‘sadi. Bugungi kunga kelib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bilan bir qatorda, tibbiyot ham taraqqiy topmoqda, jumladan, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ham rivojlanib bormoqda. Shunisi quvonarliki, ko‘rsatilayotgan xizmatlar inson hayotini xavfdan xoli qilib, qalblarga umid va ko‘zlarga shodlik bag‘ishlamoqda. Inson hayotini qutqarayotgan kompaniyalardan biri Ac?badem Healthcare Group hisoblanadi.

1991-yili asos solingan Ac?badem Healthcare Group kompaniyasi hozirda ham shiddat bilan rivojlanishda davom etmoqda, u xususiy tibbiy xizmatlar sohasida Turkiyadagi yetakchilaridan biri sanalmoqda va hozirgi kunda o‘z sherigi – 2012-yildan buyon Uzoq Sharqdagi yirik guruhlardan biri sanalgan IHH Healthcare Berhad bilan hamkorlikda o‘z faoliyati ko‘lamini kengaytirmoqda. Ac?badem tarmog‘i 21 ta kasalxona va 16 ta xususiy klinikalari bilan birlashtiruvchi muvofiq bitimlarni tuzib, IHH Healthcare Berhad rahbarligi ostida Sog‘liqni Saqlash Tarmog‘i ko‘lami bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Har yili dunyoning turli joylaridan ko‘pgina bemorlar davolanish uchun Turkiyaga tashrif buyurmoqdalar va ular sifat jihatidan xalqaro standartlarga mos keluvchi dunyodagi oliy darajadagi texnologiyalar bilan muvofiq tarzda yuqori malakali mutaxassislar xizmatlarini taqdim qiluvchi Ac?badem’ni tanlamoqdalar. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati shuningdek xalqaro mustaqil tashkilotlar tomonidan: Birlashgan Xalqaro Komissiya (JCI) va “ISO 15189 klinik laboratoriyasi akkreditatsiyasi sertifikati” bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Kasalxona va tibbiy markazlardan tashqari Ac?badem Healthcare Group butun dunyoda namuna bo‘la oladigan sog‘liqni saqlash tizimining yaxlit maxsus modelini taklif qilmoqda.

Bugungi kunda Ac?badem “Sog‘liqni saqlash bo‘yicha eksport xizmatlar” kategoriyasida Turkiyada yetakchi hisoblanmoqda

Ac?badem Healthcare Group “Turkiyaning 500 yirik eksportchilar xizmati” reytingining “Tibbiy xizmatlar eksportchisi” kategoriyasida birinchi o‘rinni egalladi, u ilk bor Turkiya Eksportchilari Assambleyasi (TEA) tadqiqotlari asosida tuzildi. Ac?badem sog‘liqni saqlash xizmatida yetakchi turk brendi hisoblanadi va ko‘pgina kompaniyalarni o‘z ortida qoldirib, Turkiyaning 500 yetakchi eksportchilari ro‘yxatidan 23-o‘rinni egalladi. Ac?badem mukofoti Ac?badem Healthcare Group Boshqarmasi Raisi Mexmet Ali Aydinlarga Sog‘liqni saqlash vaziri Rejep Akdag, iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi hamda TEA prezidenti Mexmet Buyukekshi tomonidan topshirildi.

Ac?badem Healthcare Group Boshqarma Raisi Mexmet Ali Aydinlar faoliyatining 25 yillik “Kumush yubileyi”ni bayram qilayotgan Ac?badem’ning yetakchi brend – sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlar eksportchisi sifatida taqdirlanganidan faxrlanishini ta’kidladi. Aydinlar Turkiyaning tibbiy turizm sohasida yulduzlar chiquvchi mamalakat sanalashini, Ac?badem ushbu sohada yetakchi hisoblanishini ta’kidlab shunday dedi: “Turkiyaga davolanish uchun minglab bemorlar tashrif buyuradi va yildan yilga xalqaro davolanuvchilar soni ortmoqda. Turkiyaning davolanish uchun tobora afzal mamlakatlardan biri deb tan olinishining o‘zi biz tomondan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat yuqori sifatining sezilarli ko‘rsatkichi sanaladi. Xorijiy mamlakatlardan davolanishga kelganlarga xizmat ko‘rsatar ekanmiz biz xalqaro maydonda Turkiya nufuzini oshiramiz, hamda ushbu xizmatlar evaziga olinadigan xorijiy valyuta mamlakatning milliy iqtisodi taraqqiyoti uchun sezilarli ulush hisoblanadi”.

Dunyoda biznes bo‘yicha 500 eng yiriklar ro‘yxatidan tibbiy xizmatlar eksporti bo‘yicha Ac?badem yetakchilikka erishganligining sezilarli dalil ekanligini, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning xalqaro sifati hisoblanishini ta’kidlab, Mexmet Ali Aydinlar kompaniyaning 25 yillik to‘yida bunday yutuq tufayli berilgan mukofot ham Ac?badem uchun, ham Turkiya uchun katta yutuq ekanligini qayd qildi.

Mustahkam yetakchilik o‘rnini saqlab qolish maqsadida Ac?badem Healthcare Group sog‘liqni saqlash sohasida sifatli xizmatlarga erishishni doimo oshirib, barchaning sog‘lig‘ini mustahkamlashga yordam bergan holda, o‘z tajribasini rivojlantirib, hozirning o‘zida kelajak sog‘liqni saqlashning eng yaxshi modelini taklif qilish yo‘li orqali o‘zining ajoyib yuksak vazifasini amalga oshirishga harakat qiladi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют