» » O‘zbekistonda amaldagi pasportlar ID-kartalarga almashtiriladi, chet el pasportlari joriy qilinadi

O‘zbekistonda amaldagi pasportlar ID-kartalarga almashtiriladi, chet el pasportlari joriy qilinadi


O‘zbekistonda amalda bo‘lgan biometrik pasportlar chet el pasportlari deb tan olinmaydi. Xorijga chiqish uchun alohida pasportlar beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori Najmiddin To‘raxo‘jayev “Gazeta.uz” nashriga ma’lum qildi.

Markaz direktori mamlakatning deyarli butun aholisiga berib bo‘lingan joriy pasportlar chet el pasportlari deb e’tirof etila olmasligi sabablarini tushuntirdi.

“Chet elga chiqish hujjatini rasmiylashtirish tartibi ichki pasportni rasmiylashtirish tartibidan farq qiladi”, — dedi u. Bundan tashqari, chet el pasporti ham tuzilishi, ham sahifalari soni bo‘yicha farqlanadi.

Ichki pasportga barcha fuqarolar ega bo‘lishi kerak, bunda ularning xorijga chiqishi borasidagi cheklovlar, shu jumladan, tergov ishlariga bog‘liq cheklovlar nazarga olinmaydi, dedi Najmiddin To‘raxo‘jayev.

Chet elga chiqish pasportlari har bir davlat xavfsizligi uchun zarur, chunki davlat chetga chiqayotgan har bir fuqaro uchun javobgardir. Bu Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti talablarida ham ko‘zda tutilgan. “Shunga o‘xshash jiddiy nyuanslar ko‘p”, — deya ta’kidladi Davlat personallashtirish markazi rahbari.

ID-kartalar joriy qilinishi haqida gapirar ekan, Najmiddin To‘raxo‘jayev 20-martgacha identifikatsiya kartalarini bosqichma-bosqich kiritishni ko‘zda tutuvchi huquqiy-normativ hujjat loyihasi ishlab chiqilishini aytdi.

“Biz ID-kartalar joriy etilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz, ular foydalanish uchun qulay. Ammo tegishli infratuzilmani yaratish uchun biroz vaqt kerak, texnologik jarayonlarni hisobga olish kerak”, — deya aniqlik kiritdi u.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirjon Jo‘rayev ID-kartalar bosqichma-bosqich tarzda joriy pasportlar o‘rnini egallashini tasdiqladi. Pasportlar muddati tugab borishi bilan fuqarolarga identifikatsiya kartalari shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjat sifatida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ichida yashash va harakatlanish uchun shaxsni tasdiqlovchi identifikatsion kartalar (ID-karta) joriy etish ko‘zlanayotgani xabar berilgan edi. Bu haqdagi Prezident farmoni loyihasi aprel oyining oxiriga qadar tayyorlanishi lozim, yangi tartib esa 1-iyuldan joriy etiladi.

2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar dasturida chet elga chiqish pasportlarining joriy etilishi hamda chet elga chiqish uchun ikki yillik stikerning bekor qilinishi ko‘zda tutilgan edi.

Avgust oyida, idoralararo ishchi guruh tomonidan tegishli takliflar ishlab chiqilgach, Prezident 2019-yil 1-avgustdan chet elga chiqish uchun biometrik pasport joriy etilishini belgiladi. Amaldagi pasportlar faqat mamlakat ichida qo‘llanilishi ko‘zlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют