» » Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etgan tibbiyot muassasalari rahbarlari jazolanadi

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etgan tibbiyot muassasalari rahbarlari jazolanadi


Qarorda shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam, mulkiy shakli va boshqaruvidan qat’i nazar, barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul ko‘rsatilishi ta’kidlangan. Hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish taqiqlanadi.

Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga tibbiyot muassasalari rahbarlarini mazkur muassasalar tomonidan shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish asossiz ravishda rad etilgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ma’muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish yuklatildi.

Shuningdek, hujjat bilan 2018-yilda shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi; Tez tibbiy yordam tizimini ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash normativlari va ulardan foydalanish muddatlari; Tez tibbiy yordam xizmati ko‘chma brigadasini tibbiy uskunalar va inventarlar bilan jihozlash tabeli tasdiqlandi.

Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi va RShTYoIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stansiyalari qoshida tez tibbiy yordamni chaqirishga mo‘ljallangan tunu kun ishlaydigan, yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan Call-markazlar tashkil etish belgilandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 1-fevralidan tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilariga ularga bemorlarni tashish bo‘yicha qo‘shimcha ravishda yuklatilgan funksiyalarni bajargani uchun, agar sanitar shtati mavjud bo‘lmasa, tarif stavkasida 30 foiz miqdorida ustama to‘lashni joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют