» » Favqulodda vaziyatlar vazirligi is gazidan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi is gazidan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni is gazidan ehtiyot bo‘lishga da’vat etdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada so‘nggi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘lgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq. Ma’lumki is gazi (CO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida hosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi.

Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turargohlarida, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan isitiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.

Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma —  karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir holatlarda esa — anoksiyaga olib kelishi hamda shu tariqa inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa)ning chala yonishi natijasida is gazi hosil bo‘ladi.

Yuqoridagi sabablarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘ling, deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют