» » Isroilda Afrikadan tashqarida topilgan eng qadimiy Homo sapiens qoldiqlari aniqlandi

Isroilda Afrikadan tashqarida topilgan eng qadimiy Homo sapiens qoldiqlari aniqlandi


Isroil hududida Afrikadan tashqarida topilgan zamonaviy odam (Homo sapiens)ning eng qadimiy qoldiqlari aniqlandi, deb yozadi “TASS” Tel-Aviv universitetiga tayanib.

Xalqaro antropologlar guruhi Isroil shimolidagi Karmel tog‘larida Misliya g‘orida olib borilgan qazish ishlari chog‘ida qadimiy odam tishlari bo‘lgan jag‘ bo‘laklarini topdi. Tishlar 177—194 ming yil avvalgi davrga tegishli deb topildi. “Topilma zamonaviy odamlar Sharqiy O‘rtayer dengizida avval taxmin qilinganidan ko‘ra 50 ming yil oldinroq yashaganini ko‘rsatadi”, — deyiladi universitet bayonotida.

Zamonaviy odamlar taxminan 160—200 ming yil oldin Afrikada paydo bo‘lgan, deb hisoblanadi. U yerda ular rivojlangan va qit’adan qariyb 100 ming yil ilgari ko‘chib o‘tishni boshlagan.

Shu paytgacha Afrika qit’asidan tashqarida topilgan ilk Homo sapiens qoldiqlari ham Isroilda aniqlangan va 90—120 ming yil avvalgi davrga tegishli deb topilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют