» » Rossiya musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimovni islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani bilan tabrikladi

Rossiya musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimovni islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani bilan tabrikladi


Rossiya musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashining raisi, Rossiya federatsiyasi prezidenti huzuridagi diniy birlashmalar bilan aloqalar kengashi a’zosi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani olishi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar beradi diniy idora matbuot xizmati.

Hurmatli muftiy!

Rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashi va shaxsan o‘z nomimdan sizni islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani olishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Allohga beadad hamdu sanolar bo‘lsinki, xuddi bizning buyuk o‘tmishdoshlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abduholiq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy davrida bo‘lgani kabi bugungi kunda ham muhtaram Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlovi va sizning rahbarligingiz ostidagi O‘zbekiston musulmonlar idorasining ulkan ishlari natijasida O‘zbekistondagi oliy islomiy ta’limning shonli an’analari qayta tiklanmoqda.

Men islom akademiyasining O‘zbekiston va islom manfaati yo‘lida muvaffaqiyatli va samarali faoliyat olib borishiga tilakdoshman. O‘z dini va ummatiga fidokorona xizmat qilib kelayotgan inson sifatida siz aziz birodarimning barcha ezgu ishlaringizga Allohning o‘zi madadkor bo‘lishini chin dildan tilab qolaman!

Hurmat va ezgu duolar ila,

Muftiy shayx Ravil Gaynutdin, Rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют