» » Jahon banki O‘zbekistondagi 5 ta shahar issiqlik ta’minoti uchun 140 million dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistondagi 5 ta shahar issiqlik ta’minoti uchun 140 million dollar ajratdi


Andijon, Buxoro, Chirchiq, Samarqand va Toshkentning Sergeli tumanida ilk bor markaziy issiqlik ta’minotining zamonaviy modeli joriy etiladi. Loyiha Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan 25-yanvar kuni ma’qullangan “Markaziy issiqlik ta’minoti energiya samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish” loyihasi tufayli O‘zbekistondagi beshta shaharning 240 mingdan ortiq aholisi isitish va issiq suv ta’minoti sohasida yanada samarali va sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Loyiha Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining 140 million AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan moliyalashtiriladi.

Loyiha O‘zbekistonda ilk bor qo‘llaniladigan markaziy issiqlik ta’minoti zamonaviy modelini joriy etish orqali mazkur tizimdagi muammolarni hal etishga qaratilgan. Loyiha tufayli Andijon, Buxoro, Chirchiq, Samarqand va Toshkentdagi (Sergeli tumani) ko‘p qavatli uylar aholisiga isitish va issiq suv bilan ta’minlash xizmati yaxshilanadi. Jamoat va ma’muriy binolar, jumladan, bolalar bog‘chalari, maktablar, shifoxonalar va davlat muassasalari ham isitish xizmati sifati yaxshilanishini his etadi.

Sektorning modernizatsiya qilinishi hisobiga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini qisqartirish ta’minlanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют