» » OAV: Tramp korteji avtomobili Davos shahrida politsiyachini urib yubordi

OAV: Tramp korteji avtomobili Davos shahrida politsiyachini urib yubordi


AQSh prezidenti Donald Tramp korteji avtomobili Davos shahrida shveysariyalik politsiyachini urib yubordi, deb xabar beradi “TASS”.

Hodisa 25-yanvar kuni politsiyachi oq rangli BMW X5 avtomobilini to‘xtatishga uringanida yuz berdi.

Qayd etilishicha, mazkur avtomobil Donald Trampning korteji tarkibida bo‘lgan.

Avtomobil haydovchisi politsiyachining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmay, uni avtomobilning o‘ng tomoni bilan urib yuborgan. Hodisa kuzatuv kameralaridan biri tomonidan qayd etilgan.

Politsiyachi avtomobil zarbidan jiddiy jarohat olmagan.

Hodisa yuzasidan na Amerika va na Shveysariya tomondan rasmiy izoh keltirilmagan.

Donald Tramp Davos shahrida o‘tkazilayotgan butunjahon iqtisodiyot forumida nutq so‘zlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют