» » Nonning foydali jihatlari

Nonning foydali jihatlari


Odatda, har qanday parhezni boshlashdan oldin voz kechiladigan birinchi oziq-ovqat — bu non. Aslida, non mahsulotlari ratsiondagi tarkibida organizm uchun eng muhim moddalar: aminokislotalar, uglevodlar, vitaminlar, oqsillar, yog‘lar va kletchatkalar bo‘lgan eng zarur element hisoblanadi. Aynan shuning uchun bu mahsulotdan butunlay voz kechishni juda bama’ni qaror deb aytib bo‘lmaydi.

Bu non unchalik foydali emas. Yuz gramm mahsulot tarkibida 270 kkal va 2,9 gramm yog‘ bor. U tez hazm qilinadi. Uglevodlar qonga tushadi va glyukozalarni  chiqishga undaydi, bu esa ishtahaning yaxshilanishiga olib keladi.

Bu kulrang non tarkibida kletchatkalar, lizin miqdori juda yuqori. Kulrang non organizmdan zararli moddalarni chiqaradi, avitaminozda, qandli diabetda, qabziyatda foydali.

Bundan tashqari nonning bu turi moddalar almashinuvini tartibga soladi. Hazm qilish jarayonini yengillashtirish uchun novvoylar javdar nonga bug‘doy uni qo‘shadi. Shuning uchun uni organizm yaxshi singdiradi. Bu juda foydali non.

Kulrang nonning yana bir turi – tarkibida organizm uchun hamma zarur aminokislotalar bo‘lgan grechixali non hisoblanadi. U kaliy, fosfor, temir, rux, selen, marganets va magniyga, antioksidantlarga, B va E guruh vitaminlariga boy. Tomir kasalliklarida foydali.

Boshoqli donlardan tayyorlangan kulrang non. Tarkibida kaliy, natriy, molibden, fosfor, yod, temir va kalsiy, ko‘p miqdorda B, A, E, va PP guruh vitaminlari mavjud. Almashinish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, juda to‘yimli, ichak mikrofloralari faoliyatini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Kulrang, dag‘al, zich bo‘lgan bu non tarkibida pishirilgandan keyin ham saqlanib turadigan B, PP guruh vitaminlari va mineral moddalar miqdori juda yuqori. Ichak mikroflorasiga zarar keltirmaydi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega.

Afsuski, xamirturushsiz nonga hidi va mazasini oshirish uchun ko‘pincha kimyoviy yumshatuvchilar qo‘shiladi. Masalan, ammoniy karbonat: u organizm uchun xavfli.

Manba: “Zdorovie.com”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют