» » Qibraylik 23 yoshli qizni Hindistonga fohishalikka yuborishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Qibraylik 23 yoshli qizni Hindistonga fohishalikka yuborishga uringan shaxslar qo‘lga olindi


2018-yil 20-yanvar kuni Toshkent viloyat IIB hamda MXXning Toshkent viloyat boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Tadbir davomida Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turib, Qibray tumanida vaqtincha yashovchi, 29 yoshli Madina Abdullayeva (ism-shariflar shartli) o‘zining sherigi, Toshkent shahrida yashovchi, 37 yoshli Shohista Yunusova bilan oldindan tayyorlab qo‘yilgan viza va chipta asosida Qibray tumanida yashovchi, 23 yoshli Munisa Sa’dullayevani aeroport orqali Hindistonga yuborayotgani aniqlandi.

Ular oldindan til biriktirib, Munisani Dehli shahridagi tanishlari “Dilfuza” ismli shaxsning yoniga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollab, jo‘natib yuborayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

Hozirda Toshkent viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Madina Abdullayev, Shohista Yunusova va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “y,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют