» » Ukrainada Mi-8 vertolyoti quladi. Uning bortidagi 4 kishi halok bo‘ldi

Ukrainada Mi-8 vertolyoti quladi. Uning bortidagi 4 kishi halok bo‘ldi


Ukrainaning Poltava viloyati, Kremenchug shahrida Mi-8 vertolyoti televizion minoraga urilib, yerga quladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qulashidan oldin juda pastlab uchgan vertolyot bo‘laklari atrofga sochilib ketgani, o‘t o‘chiruvchilar qurilma alangalanishi to‘xtamagani sababli uning oldidan ketmayotganligi bildirilmoqda.

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati viloyat boshqarmasiga ko‘ra, vertolyot bortida 4 kishi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘ldi.

Havo kemasi xususiy aviakompaniyaga tegishli bo‘lib, o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют