MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovni avval Xalqaro, keyinroq Osiyo olimpiya qo‘mitalari prezidentlari qutladi
16-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax samimiy qutladi.
Tomas Bax oldindagi to‘rt yillik Umid Ahmadjonov uchun omadli kelishini istagan. Shuningdek, MOQ va XOQ o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqishiga umid bildirib qolgan.
22-yanvar kuni, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi hamda Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh ham Umid Ahmadjonov nomiga o‘z tabriknomasini yubordi. Maktubda aytilishicha, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Osiyoda sport harakatini rivojlantirish va uning g‘oyalarini ilgari surishda As-Saboh boshchilik qilayotgan tashkilotning eng yaqin hamkoriga aylanib ulgurgan. Ahmadjonovning yangi prezident etib saylanishi bu boradagi rishtalarni yanada mustahkamlashiga umid bildirib qolingan.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
