» » Osiyo Chempionati U23. Janubiy Koreyani taslim qilgan Qatar bronza medallariga ega chiqdi. Ertaga — final

Osiyo Chempionati U23. Janubiy Koreyani taslim qilgan Qatar bronza medallariga ega chiqdi. Ertaga — final


23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatini Qatar terma jamoasi 3-o‘rinda yakunladi.

Bronza medallari uchun kechgan o‘yinda qatarlik futbolchilar Janubiy Koreyani taslim qildi — 1:0. O‘yindagi yagona gol 39-daqiqada Akrom Afif tomonidan urildi.

Yarim finalda Janubiy Koreya termasi O‘zbekistondan 1:4 hisobida yengilgan bo‘lsa, Vyetnam bilan 2:2 o‘ynagan Qatar penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Ertaga — 27-yanvar kuni final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladigan bellashuvni Samarqand, Namangan va Toshkent shaharlaridagi katta ekranlarda tomosha qilish uchun O‘FA sharoit yaratib berishni va’da qilgan.

Osiyo Chempionati U23

3-o‘rin uchun o‘yin

26-yanvar, juma

Gol: Akrom Afif, 39 (1:0).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют