» » Mobil aloqa abonentlari soni 23 millionga yaqinlashdi

Mobil aloqa abonentlari soni 23 millionga yaqinlashdi


2017-yilda mobil aloqa abonentlari soni 1,4 millionga oshib, 22,8 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi saytidagi statistik ma’lumotlari guvohlik bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Respublika bo‘yicha bazaviy stansiyalar 2018-yil yanvarida 22,2 ming donani tashkil etib, 2017-yilning xuddi shu oyiga nisbatan qariyb 4000 taga ko‘paygan.

Internet foydalanuvchilari soni 2017-yilda qariyb uchdan bir qismga ko‘payib, 20 millionlik ko‘rsatkichga yetdi.

Internetga ulanish tezligi 2017-yil boshiga nisbatan keskin oshib, 65,7 ming Mbit/sekunddan 104 ming Mbit/sekundga yetdi.

Provayderlar uchun tashqi internet kanaliga ulanish narxlari qariyb 2,5 barobarga pasaytirilib, o‘tgan yil boshidagi 76,6 dollardan 30,2 dollarga tushirildi.

2017-yilda optik tolali aloqa liniyalari 2000 kilometrdan ziyodroqqa uzaytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют