» » Rishtonlik fermer 8 gektar yerni 10 ming dollarga sotayotganda ushlandi

Rishtonlik fermer 8 gektar yerni 10 ming dollarga sotayotganda ushlandi


Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Isomiddin Komiljon ko‘li” fermer xo‘jaligi rahbari M. Isomiddinov 30 gektar yer maydonidan 8 gektarini tanishi T.M. ga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Fermer sotayotgan yer maydonini Rishton tumani hokimligi yer ajratish komissiyasidagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini ham aytadi. Albatta bu quruqqa bo‘lmasligini bildirib, tanishidan 10 ming dollar talab qiladi.

Vaholanki, fermer yer ajratish tender tanlovlari orqali amalga oshirilishini ham yaxshi bilardi. Afsuski, nafs ustun keldi.

T. M. ning arizasiga asosan M. Isomiddinov Bosh prokuratura huzuridagi departament viloyat boshqarmasi va MXX Rishton tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Farg‘ona shahridagi Qirguli mavzesida 10 ming dollardan 6 ming dollarini olayotgan paytda ushlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют