» » Yaponiyalik mutaxassislar o‘zi yuradigan shippaklarni yaratdi (video)

Yaponiyalik mutaxassislar o‘zi yuradigan shippaklarni yaratdi (video)


Yaponiyaning Nissan kompaniyasi mehmonxonalarda kiyish uchun mo‘ljallangan va boshqa oyoq kiyimlarning yoniga mustaqil joylasha oladigan shippaklarni yaratdi. Ixtironing taqdimoti kompaniyaning YouTube’dagi kanaliga joylandi.

Videoda ko‘rinadiki, mehmonlar shippaklarni o‘zlariga qulay joyda qoldiradi, shippak esa boshqa shippaklar turgan joyga mustaqil boradi va ularning yoniga joylashadi. Ularni harakatlanishga koridor devoriga o‘rnatilgan tugma majbur qiladi.

Shippakda qo‘llanilgan texnologiya haydovchisiz avtomobillarda qo‘llanilgan texnologiya bilan bir xil. Video izohida qayd etilishicha, bunday texnologiya bilan mebel va yostiqlarni ham jihozlash rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют