» » Angliya Kubogi. Aleksis Sanches debyut qilgan o‘yinda “Yunayted” raqibini 4 ta gol farqi bilan mag‘lub etdi

Angliya Kubogi. Aleksis Sanches debyut qilgan o‘yinda “Yunayted” raqibini 4 ta gol farqi bilan mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogida “Manchester Yunayted” futbolchilari 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Quyi liga vakiliga qarshi o‘yinda Joze Mourinyo jamoaning yangi a’zosi bo‘lgan Aleksis Sanchesni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. 72-daqiqaga qadar harakat qilgan chililik futbolchi Ander Errera tomonidan kiritilgan golga pas bergani bilan yodda qoldi.

Mazkur bosqichning asosiy o‘yinlari bugun — 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Premyer-Liganing bir qator klublari maydonga tushadi.

Angliya Kubogi

1/16 final

26-yanvar, juma

Gollar: Markus Reshford, 41 (0:1). Ander Errera, 61 (0:2). Jessi Lingard, 89 (0:3). Romelu Lukaku, 93+ (0:4).

27-yanvar, shanba

“Piterboro” — “Lester”

“Uigan” — “Vest Hem”

“Midlsbro” — “Brayton”

“Sautgempton” — “Uotford”

“Notts Kaunti” — “Suonsi”

“Xaddersfild” — “Birmingem”

“Nyuport Kaunti” — “Tottenhem”

“Liverpul” — “Vest Bromvich”

28-yanvar, yakshanba

“Chelsi” — “Nyukasl”

“Kardiff” — “Manchester Siti”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют