» » Bugun final! O‘zbekiston — Vyetnam o‘yini Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijon katta ekranlarida namoyish etiladi

Bugun final! O‘zbekiston — Vyetnam o‘yini Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijon katta ekranlarida namoyish etiladi


27-yanvar O‘zbekiston U23 terma jamoasi uchun tarixiy sanaga aylanadi. Zero bugun terma jamoa Osiyo Chempionatining finalida ilk bor maydonga tushadi.

Xitoy mezbonlik qilayotgan Osiyo Chempionatining finalida o‘zbekistonlik futbolchilar Vyetnamga qarshi saf tortadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi va Sport-TV kanali orqali jonli namoyish etiladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tarixiy uchrashuvni birgalikda tomosha qilish uchun futbol muxlislariga sharoit yaratib berishni maqsad qilgan. Avvaliga Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida joylashgan katta ekranda final uchrashuvi namoyish etiladigan bo‘ldi. Keyinroq estafeta Samarqand, Namangan va Andijon shaharlariga ham ko‘chdi.

Xabar berishlaricha, Andijondagi katta ekrandagi finalni tomosha qilish uchun viloyat hokimining shaxsan o‘zi tashrif buyuradi. Bunda o‘zbekistonlik futbol muxlislari ehtimoliy bayramni birgalikda nishonlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Osiyo Chempionati U23

FINAL

27-yanvar, shanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют