» » “Barselona” Ispaniya Kubogini ketma-ket to‘rtinchi bor qo‘lga kiritishi mumkin. Yarim finalga qur’a tashlandi

“Barselona” Ispaniya Kubogini ketma-ket to‘rtinchi bor qo‘lga kiritishi mumkin. Yarim finalga qur’a tashlandi


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining yarim final bellashuvlariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, Madridning “Real” klubini turnirdan chiqarib yuborgan “Leganes” final yo‘lida “Sevilya”ga qarshi saf tortadigan bo‘ldi.

Montella boshchilik qilayotgan “Sevilya” yarim finalda Madridning boshqa bir klubi “Atletiko”ni har ikki o‘yinda ham yengishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi “Madrid kushandalari” o‘zaro kurash olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Kubokning amaldagi g‘olibi “Barselona” esa amaldagi finalchini turnirdan uchirma qilgan “Valensiya” bilan raqobatga kirishadi. Bellashuvlarning birinchisi 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Takroriy o‘yinlar 7-fevral sanasiga tayin qilingan.

Ispaniya Kubogi

Yarim final

31-yanvar, chorshanba

“Barselona” — “Valensiya”

“Lagenes” — “Sevilya”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют