» » Tishlarning sarg‘ayishiga olib keluvchi 4 odat

Tishlarning sarg‘ayishiga olib keluvchi 4 odat


Agar tishlaringiz sarg‘ayib ketishini istamasangiz, unda tish emalini mustahkamlash va dog‘larni yo‘qotishga harakat qiling. Chekish va tishlarni muntazam ravishda parvarish qilmaslik — tishlar sarg‘ayishining hammaga ma’lum aybdorlari hisoblanadi. Lekin bunga boshqa ba’zi odatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.

“Muammo shundaki, og‘iz chayqashda ishlatiladigan ko‘pchilik vositalarga kislotalar qo‘shilgan va agar ular ko‘p ishlatilsa, bu tish emalini yemirishi mumkin”, — deb ogohlantiradi kaliforniyalik stomatolog Garold Kats. Shuning uchun agar siz bunday vositalarni ko‘p ishlatishga odatlangan bo‘lsangiz, bu odatni o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Masalan, tishlarni chayish o‘rniga cho‘tka bilan tozalash va tozalatish uchun stomatologga tez-tez borib turish.

Kislotaliligi yuqori bo‘lgan nordon oziq-ovqatlar ham emalni yupqalashtirishi mumkin, deydi shifokor Kats. Ularga sitrusli mevalar va sharbatlar, pomidorlar, ananaslar, sirka, gazli ichimliklar, ba’zi sport ichimliklari va salatlar uchun sirka asosida tayyorlangan ziravorlar kiradi.

Bu oziq-ovqatlarning hammasidan butunlay voz kechish kerak emas, lekin ularni iste’mol qilishda biroz suv ichish kerak, deb tavsiya qiladi Kats.

Olimlar qahvaning foydali ekanligini ta’kidlasa ham, u tishlarga foyda olib kelmaydi, deb hisoblaydi dantist Katya Fridman.

Va hamma muammo hatto siz qancha qahva ichishingizda ham emas, balki qanday ichishingizdadir. Uni tezroq, kamroq miqdorda ho‘plab, tish emaliga tegmasligi uchun yaxshisi cho‘p yordamida ichish lozim.

Albatta, tishlarni muntazam ravishda tozalash kerak, lekin ortiqcha tezlik va cho‘tka bilan bosish emalning yupqalashishiga olib keladi, deb hisoblaydi nyu-yorsklik dantist Mazen Natur.

Manba: “Zdorovie.com”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют