» » 21-yanvar kuni Qozog‘istonda buzuq avtobusdan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytdi

21-yanvar kuni Qozog‘istonda buzuq avtobusdan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytdi


21-yanvar kuni taxminan soat 23:10 larda O‘zbekiston fuqarosi Ulug‘bek Boltaboyev FVV Markaziy apparatida favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtabning 147-10-50 telefon raqamiga aloqaga chiqdi. U o‘sha kuni soat 22:50 da Qozog‘istonning Petropavlovsk shahridan O‘zbekistonga kelayotgan “Setra” rusumli avtobus havo harorati sovuqligi (-40 daraja) sababli dizel yoqilg‘isi muzlashi natijasida yo‘l chetida harakatlanmay qolganini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Salonida 43 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan 2 nafar yosh bola bo‘lgan avtobus Ostona shahriga 54 km qolganda to‘xtab qolgan.

FVV Qozog‘iston Respublikasi FVQ FVBM va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ma’lumot taqdim etdi. Hamkorlikda ko‘rilgan choralar natijasida, Qozog‘iston Respublikasi FVQ va mahalliy ijro organlari xodimlari tomonidan mazkur avtobus yo‘lovchilari Sho‘rtandi tumani A-1 “Ostona-Borovoy” trassasi yaqinida joylashgan 5-sonli Agrotexnika kollejining yotoqxonasida tashkil etilgan isinish maskaniga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan. Isinish maskanida O‘zbekiston fuqarolariga issiq joylar, uch mahal issiq ovqat va tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vataniga tezkor qaytarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi FVV va Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ tomonidan fuqarolarga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdining platskart vagonlari bepul asosda taklif etildi. Afsuski, yomon ob-havo va sovuqqa qarshi ogohlantirishga qaramasdan, yo‘lovchilar ruxsatsiz avtobusda yo‘lga chiqdi, faqatgina 5 nafar yo‘lovchigina Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ xodimlari tomonidan Ostona shahri vokzaliga yetkazilib, poyezdda Toshkent shahriga yetib keldi.

25-yanvar kuni soat 22:00 da mazkur fuqarolar Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidagi “G‘isht ko‘prik”, “Zangiota” va “Toshkent” chegara nazorat o‘tkazish punktlari orqali Respublika hududiga sog‘-omon kirib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ Oqmola viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti, hokimiyati, Sho‘rtandi tumanidagi 5-sonli Agrotexnika kolleji rahbarlari va xodimlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ko‘rsatilgan yordam va hamkorlik uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют