» » Dubayda chaqaloqligida axlatxonadan topib olganliklaridan xabar topgan o‘smir o‘z joniga qasd qilishga urindi

Dubayda chaqaloqligida axlatxonadan topib olganliklaridan xabar topgan o‘smir o‘z joniga qasd qilishga urindi


Dubayda 15 yoshli bola o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bunga uning ota-onasi uni chaqaloqligida axlatxona yaqinidan topib olganligini so‘zlab berganligi sabab bo‘ldi, deb yozadi UAEInside.

O‘smir uy tomiga chiqdi va politsiyaga yig‘lab qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini pastga tashlashini ma’lum qildi.

“Ota-onasi unga biologik ota-onasi emasligi va u chaqaloqligida chiqindi uchun konteyner yaqinidan topilganligini so‘zlab bergan”, — deydi Dubay politsiyasi qo‘ng‘iroqlar bilan ishlash markazi direktori mayor Muhammad Ali Obayd.

Qo‘ng‘iroq qabul qilingandan so‘ng, patrul mashina zudlik bilan Abu-Xayl tumaniga yo‘lga chiqdi, qo‘ng‘iroqlar markazi xodimi bo‘lgan ayol bolani telefon orqali tinchlantirishga urindi. U o‘smirni ko‘ndirishga erishdi va u qutqarib qolindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют