» » Saudiya Arabistonining korrupsiyada ayblangan yuqori martabali shaxslari ozod etildi

Saudiya Arabistonining korrupsiyada ayblangan yuqori martabali shaxslari ozod etildi


Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a’zolari va yuqori martabali shaxslarining bir qismi kompensatsiya to‘laganidan so‘ng ozodlikka chiqarildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Ozod etilganlar orasida MBC teletarmog‘i rahbari Valid al-Ibrohim va qirollik sudining sobiq raisi Xalid al-Tuvayjiri ham bor. Ular hibsdan ozodlikka chiqish uchun kata mablag‘ sarflagani aniq, biroq aniq summa qanchaligi oshkor etilmayapti.

Hibsga olinganlar Ar-Riyod shahridagi Ritz Carlton mehmonxonasida yashamoqda. Shu sababli mehmonxona boshqa mijozlar uchun 14-fevralgacha yopilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyida 200 dan ortiq shahzoda, siyosatchi va biznesmenlar korrupsiyaga aloqador ishlar yuzasidan hibsga olingan edi. O‘tgan vaqt ichida ularning bir qismi milliardlab dollar kompensatsiya to‘lab, ozodlikka chiqdi. Saudiya Arabistoni budjetiga mazkur kompensatsiya to‘lovlaridan yuz milliard dollardan ko‘proq mablag‘ tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют