» » O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov Havaskor bokschilar xalqaro assotsiatsiyasi — AIBA’ga prezident bo‘ldi

O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov Havaskor bokschilar xalqaro assotsiatsiyasi — AIBA’ga prezident bo‘ldi


O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov Havaskor bokschilar xalqaro assotsiatsiyasiga (AIBA) prezident etib tayinlandi. Bu haqda Inside the games nashri xabar berdi.

Rahimov assotsiatsiyani noyabrga qadar boshqarib boradi. Avvalroq AIBA prezidenti 1—4-noyabr kunlari saylanishi borasida ma’lumot berilgan va tashkilotning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasiga Rossiya poytaxti Moskva mezbonlik qilishi aytilgandi.

Bunday qaror AIBA italiyalik Franko Falchinelli tomonidan boshqarilayotgan vaqtda chiqarildi. Shuningdek, 2019-yilgi Jahon Chempionati mezbonligi ham Rossiyaga taqdim etilgandi.

Men tashkilot a’zolariga minnatdorchilik bildiraman. So‘nggi 20 yil davomida AIBA vitse-prezidenti sifatida mehnat qildim. Endi esa sevimli sportimizni asrash uchun jiddiy ishlashimiz kerak bo‘ladi. Sizlarning ko‘magingizda tashkilotni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilamiz.

G‘ofur Rahimov, AIBA prezidenti

O‘tgan yilning oktabr oyida AIBA prezidenti Ching Kuo Vu iste’foga chiqarilgan bo‘lib, u tashkilotni shaxsiy tomoqrasiga aylantirib olishda ayblangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 16:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют