» » Odil Hamrobekov Osiyo chempionatining eng foydali o‘yinchisi deb topildi. OFK unga mukofot sifatida 20 ming dollar topshirdi

Odil Hamrobekov Osiyo chempionatining eng foydali o‘yinchisi deb topildi. OFK unga mukofot sifatida 20 ming dollar topshirdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining eng foydali o‘yinchisi deb topildi.

Musobaqa final uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Hamrobekovga musobaqaning eng foydali o‘yinchisiga atalgan sovrin hamda musobaqa homiylaridan biri — Toyota tomonidan taqdim etilgan 20 ming dollar miqdoridagi mukofot pulining sertifikati topshirildi.

Qarshining “Nasaf” futbol klubi vakili Odil Hamrobekov Osiyo chempionati davomida sheriklariga eng ko‘p pas oshirgan futbolchiga aylandi. U finalgacha bo‘lgan jami besh o‘yinda jamoadoshlariga 384 ta aniq pas bergan.

Ma’lumot uchun, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi. Musobaqa finalida o‘zbekistonlik futbolchilar Vyetnam terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda 2:1 hisobida mag‘lub etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют