» » Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilarga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilarga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U23 terma jamoasi 27-yanvar kuni Osiyo chempionati finalida Vyetnam terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi. Terma jamoa a’zosi Odil Hamrobekov esa musobaqaning eng foydali o‘yinchisi deb tan olindi.

Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar!

Barchangizni futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining final bosqichida g‘oyat og‘ir va noqulay ob-havo sharoitida tom ma’noda matonat va jasorat namunasini namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganingiz bilan o‘z nomimdan, ko‘p millatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar qo‘lga kiritgan mislsiz bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag‘ishlab, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.

El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi o‘g‘lonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi.

Barchangizni bag‘rimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, jonajon O‘zbekistonimizning shon-shuhratini dunyoga tarannum etishda doimo yutuq va zafarlar yor bo‘lishini tilayman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют