» » Turkiya rasmiylari Iroqda ham aksilterror operatsiyasini olib borishga tayyorligini bildirdi 

Turkiya rasmiylari Iroqda ham aksilterror operatsiyasini olib borishga tayyorligini bildirdi 


Anqara Suriyaning Afrin mintaqasidagi operatsiya bilan cheklanmay, zarur bo‘lganda Iroqning Sinjar va Qandil hududlarida ham terrorchilar bilan kurash olib boradi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz terrorchilikni tag-tugi bilan yo‘qotmaguncha Suriyada qolamiz, shundan keyin bu hududlarni haqiqiy egalariga topshiramiz. Afrinda operatsiyani cheklash to‘g‘risidagi da’vatlar biz uchun hech qanday kuchga ega emas. Terrorchilik tahdidi qayerdan kelmasin — Sinjar, Qandil, Manbij, Frot sharqi — u bilan kurashamiz va yo‘q qilamiz”, — dedi Chavusho‘g‘li.

AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Xezer Nauert Afrindagi harakatlar “Qo‘shma Shtatlar va Turkiyaning Suriyadagi umumiy vazifalarini puchga chiqarishi”ni bildirgan va Anqarani keskinlikni pasaytirishga chaqirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют