» » Politsiya Twitter orqali Kanada bosh vaziriga tahdid qilgan erkakni hibsga oldi

Politsiya Twitter orqali Kanada bosh vaziriga tahdid qilgan erkakni hibsga oldi


Kanada politsiyasi Twitter orqali mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo va Alberta provinsiyasi rahbari Reychel Notliga tahdid qilgan erkakni hibsga oldi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

CBC telekanaliga ko‘ra, Albertada yashovchi Orion Ratli 19-yanvarda qo‘lga olingan, keyinchalik unga nisbatan ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdidlar tarqatishda ayblov e’lon qilingan.

Ratli bosh vazir Tryudo va Alberta rahbari Notli bilan aloqa bog‘lamaslik, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik sharti bilan sudgacha ozodlikka qo‘yib yuborilgan.

Mazkur ish bo‘yicha sud muhokamasi 8-fevralga belgilangan. Sud Ledak shahrida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют