» » AQShning uch shtati gubernatori soliq islohoti tufayli Tramp ma’muriyatini sudga bermoqchi

AQShning uch shtati gubernatori soliq islohoti tufayli Tramp ma’muriyatini sudga bermoqchi


AQShning Nyu-York, Nyu-Jersi va Konnektikut shtatlari gubernatorlari soliq islohoti tashabbusini ilgari surgani uchun prezident Tramp ma’muriyatini sudga berish niyatida. Bu haqda Nyu-York gubernatori Endryu Kuomoning rasmiy saytida joylashtirilgan bayonotda ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.

Bayonotga ko‘ra, mazkur shtatlarning aholisi soliq qonunchiligi o‘zgarganidan so‘ng qator soliq imtiyozlari va avval to‘langan soliqlarni qisman qaytarish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Jumladan, Nyu-York shtatida yashovchilar yakunda 14 milliard dollar yo‘qotadi.

Gubernatorlar soliq islohotiga qarshi shtatlar koalitsiyani tuzmoqchi. Tramp ma’muriyatiga qarshi da’vo bir necha hafta davomida kiritilishi mumkin, biroq da’vo qaysi sudga berilishi hozircha ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют