» » Namanganda ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan xodimalardan iborat guruh faoliyatini boshladi

Namanganda ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan xodimalardan iborat guruh faoliyatini boshladi


O‘tgan yil davomida Namangan viloyatida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2016-yilga nisbatan 18,46 foizga kamaydi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu boradagi ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash, jamiyatda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat ichki ishlar idoralari tizimida xizmat qilayotgan xodimalardan iborat ishchi guruh tashkil etildi.

Mazkur ishchi guruhning ilk tadbiri Namangan muhandislik-qurilish institutida o‘tkazilgan davra suhbatidan boshlandi.

Muhokamalar jarayonida kelgusi tadbirlarga tibbiyot xodimlari, otinoyilar, ko‘p yillik hayot tajribasiga ega bo‘lgan mehnat faxriylarini ham jalb etish, ularning maslahatlarini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish borasida takliflar berildi.

Ishchi guruh viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, mahallalar miqyosida faoliyatini davom ettirishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют