» » Umid Ahmadjonov katta g‘alabaga erishilgani bilan Osiyo chempionlariga tabrik yo‘lladi

Umid Ahmadjonov katta g‘alabaga erishilgani bilan Osiyo chempionlariga tabrik yo‘lladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo chempioniga aylandi. O‘FF birinchi vitse-prezidenti va bir vaqtning o‘zida MOQ prezidenti bo‘lgan Umid Ahmadjonov terma jamoa a’zolarini katta g‘alaba bilan qutlab, ularga minnatdorchilik bildirdi.

Bir necha kun ilgari barchamizning umidimiz bo‘lib Xitoyga jo‘nab ketgan va endi xalq qahramonlari sifatida ortga qaytayotgan futbolchilarimiz — biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Bir daqiqa bo‘lsin tinim bilmagan murabbiylarimiz, katta futbolga dadil kirib kelgan futbolchi ukalarim va albatta, delegatsiyamiz safida Xitoyga jo‘nab ketgan har bir vakilimizga millionlab muxlislarimiz nomidan tashakkur izhor qilaman. Sizlar nafaqat qit’aning ayni vaqtdagi eng kuchli jamoasi ekanligingizni ko‘rsatdingiz, balki butun Osiyoga kim aslida kim ekanini ham namoyon eta oldingiz. Bu bilan esa butun O‘zbekiston xalqiga bayram kayfiyati ulashdingiz. Ushbu tarixiy g‘alabangiz bilan Prezidentimizning quvonchli tabassumlariga sababchi bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘ldingiz.

Safarga ketishingiz oldidan siz bosib o‘tadigan mashaqqatli yo‘l futbolga oshno tutingan odamlarimiz yuzlaridagi tabassum va dillaridagi cheksiz quvonchga sabab bo‘lishi, mana shu oniy fursatdagi baxtiyorlik uchun esa yillar davomida mehnat qilish arzirli bo‘lishi haqida gaplashgandik. Endi baralla ayta olamizki, siz bu missiyani sharaf bilan uddalay oldingiz.

Sizni safarga jo‘natgan har bir vatandoshimiz, uyda intiq kutayotgan ota-onangiz, aka-uka-yu opa-singillaringiz endi barchalaringiz bilan g‘ururlanib yurishadi. Sizning bu muvaffaqiyatingiz o‘zbek futboli tarixiga oltin harflar bilan yoziladi. Ayniqsa, “qor jangi”dek ko‘ringan final uchrashuvi tillarda doston bo‘ladiki, biz bu o‘yinni yillar davomida eslab yuramiz va har bir yodga olgan lahzalarimizda o‘zimizni baxtiyor his qilamiz.

2018-yil mamlakatimiz sportida, xususan futbolda katta o‘zgarishlar yili bo‘ladi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdek suyanchimiz bor ekan, biz bunday g‘alabalarga birgalikda hali ko‘p erishamiz. Sizdan o‘tinchimiz shuki, o‘sishda, izlanishda va mehnat qilishda davom eting. Zero, mamlakat milliy terma jamoasini Jahon Chempionatiga ham aynan o‘zingiz olib chiqasiz va millionlab o‘zbekistonliklarga azaliy orzulari ro‘yobini taqdim etasiz. Bugungi g‘alaba shu yo‘ldagi debocha bo‘lib tarixga muhrlanadi.

Tarixiy g‘alaba, tarixiy chempionlik muborak bo‘lsin! Omad, zafar hamda yetakchilik sizni aslo tark etmasin! Barakalla!

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют