» » Malida terrorchilarning harbiy bazaga uyushtirgan hujumi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Malida terrorchilarning harbiy bazaga uyushtirgan hujumi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi


Mali davlatining Tombuktu viloyatidagi harbiy bazasiga terrorchilar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Bugun erta tongda Mali qurolli kuchlari Sumpi (Tombuktu)da hujumga uchradi. Mali qurolli kuchlari qayg‘u bilan shuni ma’lum qiladiki, hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi tan jarohati oldi, moddiy yo‘qotishlar qayd etildi”, — deyiladi Mali armiyasi bayonotida.

Reuters’ning xabar berishicha, hujum qilgan ikki kishi yo‘q qilingan. Ayni vaqtda bedarak yo‘qolgan shaxslarni izlash ishlari olib borilmoqda.

Agence France-Presse’ning qo‘shimcha qilishicha, Mali armiyasi yuz bergan bu voqeani terakt deb atagan. Jabrlangan shaxslar Niafunke shahriga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют