» » Xitoy Arktikada Qutb Ipak yo‘lini yaratish tashabbusini ilgari surdi

Xitoy Arktikada Qutb Ipak yo‘lini yaratish tashabbusini ilgari surdi


Xitoy Arktikada Qutb Ipak yo‘lini yaratish tashabbusini rasman ilgari surdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Mamlakat hukumatining matbuot idorasi 26-yanvar kuni Xitoyning Arktikadagi siyosatiga oid Oq kitobni e’lon qildi. Unda Pekin, garchi Arktikada hududlarga ega bo‘lmasa ham, uning ishlaridagi manfaatdor tomon ekanligi bildirilgan.

Arktika dengiz yo‘llari va tabiiy resurslari Xitoy energetika strategiyasi va iqtisodiy rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, shimoliy dengiz yo‘li Xitoy mahsulotlarini Yevropaga tezroq yetkazish imkonini beradi.

Hozirda tovarlar Suvaysh kanali orqali Rotterdamga yuborilmoqda va bunga o‘rtacha 48 kun vaqt sarflanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют