» » O‘MI vakillari Toshkentdagi Aqto‘be qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirib, ularga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatdi

O‘MI vakillari Toshkentdagi Aqto‘be qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirib, ularga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatdi


Aqto‘bedagi fojia oqibatida qurbon bo‘lgan 52 o‘zbekistonlikdan ikkisi Toshkentda istiqomat qilardi. Shu munosabat bilan ularning oila a’zolariga ta’ziya bildirish uchun bosh imom-xatiblar har ikki xonadonda bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari Ergash Rustamov va Sergeli tumani bosh imom-xatibi No‘mon Hamidov Sergeli tumani Quruvchilar mavzesida yashagan, 23 yoshda bo‘lgan Muhiddinjon Umarjonov xonadoniga, Olmazor tumani bosh imom-xatibi Sadriddin Abdurashidov boshchiligida jamoat vakillari esa tumanning Hikmat Rahmonov ko‘chasida istiqomat qilgan, 37 yoshda bo‘lgan Xurshidxon Tursunov xonadoniga tashrif buyurdi.

Xabar berishlaricha, imom-xatiblar mash’um fojiada halok bo‘lgan o‘g‘lonlar haqlariga Qur’on tilovati o‘qib, duolar qilgan. Fojia qurbonlarining ota-onalari, yaqinlari bilan suhbatda bo‘lib, ularga muftiyning hamdardligini yetkazgan. Shuningdek, ularga moddiy-ma’naviy ko‘mak — pul mablag‘lari, oziq-ovqat mahsulotlari ulashib, ruhiy tasalli berilgan.

“Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo‘minning darajasi yuqori bo‘lishi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g‘arq bo‘lib, o‘tda kuyib, tom ostida qolib, ayol kishi tulg‘oq paytida vafot etsa, shahidlik maqomini topishini aytib, musibat egalariga tasalli berdilar”, — deyiladi vakillik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют