» » Islom Karimov nomidagi majmuada Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi

Islom Karimov nomidagi majmuada Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi


Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Birinchi Prezident tavalludining 80 yilligi arafasida ko‘rgazma zali ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ko‘rgazma ochilishiga bag‘ishlangan marosimda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosim ishtirokchilari Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma eksponatlari bilan tanishdi. Ko‘rgazma 2 zalga bo‘lingan. Birinchi zalda rassomlarning 57, haykaltaroshlarning 3 asari namoyish etilmoqda. Ikkinchi zaldan fotorassomlarning 80 taijodiy ishi o‘rin olgan.

Shu kuni Islom Karimov haykali poyi gullarga burkandi. Keng jamoatchilik vakillari Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tantanali tadbirda Prezidentning Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Birinchi Prezidentning rafiqasi T.Karimova, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari T.Shirinov va boshqalar so‘zga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют