» » Rossiyalik maktab o‘quvchilari nanozarrachalar yordamida sun’iy teri yaratishni taklif qildi

Rossiyalik maktab o‘quvchilari nanozarrachalar yordamida sun’iy teri yaratishni taklif qildi


Sochidagi “Sirius” ta’lim markazida Ural loyiha smenasi ishtirokchilari magnitli nanozarrachalar yordamida sun’iy teri yaratishni taklif qildi, deb yozadi “Naukatv.ru”. Loyihani ekspertlar yuqori beshlikka kiritdi.

Ishlanma biotibbiyotda, xususan, teri transplantatsiyasida qo‘llanilishi mumkin, istiqbolda esa boshqa ko‘p qatlamli organlarni ham yaratish imkonini beradi.

“Uslubiyat quyidagicha ko‘rinishga ega: hujayralar uglerodli qobiqdagi magnitli nanozarrachalar bilan ‘oziqlantiriladi’ va magnit maydoni ta’siriga yo‘liqtiriladi, shundan so‘ng ular yuza tepasiga ko‘tariladi, bu esa odam terisi xususiyatlariga o‘xshash bo‘lgan ko‘p qatlamli tuzilmani yaratish imkoniyatini beradi”, — dedi loyiha mualliflaridan biri Kristina Zuyeva.

Ural loyiha smenasida Ural-Sibir hududidan 97 nafar 8—10-sinf o‘quvchilari qatnashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют