» » O‘zbekiston va Belarus qutqaruvchilarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlariga start berildi (foto)

O‘zbekiston va Belarus qutqaruvchilarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlariga start berildi (foto)


O‘zbekiston va Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining 2017–2018-yillarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar rejasiga asosan Belarus Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari A. Xudoleyev boshchiligidagi delegatsiya 25-yanvar kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

27-yanvarda FVV Fuqaro muhofazasi institutida ikki mamlakat qutqaruvchilari hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda favqulodda vaziyatlar vaziri R. Djuraev tadbirni ochiq deb e’lon qildi va ikki davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng avariya-qutqaruv asbob anjomlari, maxsus texnika vositalari ko‘rgazmasi tashkil etilib, zilzilani simulyatsiya qilish markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Shuningdek, mehmonlar Yashnobod tumanida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida bo‘ldi. O‘quv mashqida ikki davlat qutqaruvchilari shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyat — zilzila oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi, shuningdek mehmonxona binosining qulashi natijasida jabrlanganlarni qutqarish ishlarini amalga oshirdi. Mazkur tadbirda tuman hokimiyati vakillari, FVDT kuch vositalari, Fuqaro muhofazasi institutining magistrlari, Davlat texnika universiteti talabalari hamda Olmazor politexnika kasb-hunar kolleji qutqaruvchi o‘quv guruhi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti 28–29-yanvar kunlariga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘li hududida “Tog‘li hududlarda jabrlanganlarni qidirish va evakuatsiya qilish tadbirlarini olib borishda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют