» » AQShda gripp oqibatida 37 nafar bola halok bo‘ldi

AQShda gripp oqibatida 37 nafar bola halok bo‘ldi


AQShda mamlakatga yoyilgan gripp epidemiyasi oqibatida 37 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda 27-yanvar kuni The Hill gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish federal markazlari rahbari Brend Fitsjeraldning so‘zlariga qaraganda, qish mavsumi oxiriga qadar gripp oqibatida halok bo‘lgan bolalar soni ikki karraga oshishi mumkin. Umuman olganda esa mamlakat bo‘yicha gripp bilan bog‘liq xastaliklar 50 mingdan ortiq kishini hayotdan olib ketadi.

Fitsjeraldning ta’kidlashicha, hozirgi epidemiya Amerika 2014—2015-yillarning kuz-qish mavsumida boshdan kechirgan epidemiyaga o‘xshaydi. O‘shanda gripp belgilari bilan 34 million kishi shifokorlarga murojaat qilgan, ulardan 710 ming nafari shifoxonalarga yotqizilgan, 56 mingi halok bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют