» » Kobuldagi terakt qurbonlari soni 100 kishidan oshdi

Kobuldagi terakt qurbonlari soni 100 kishidan oshdi


Kobulda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 103 kishiga yetdi, yana 235 kishi jarohat oldi. Bu haqda Afg‘oniston IIVga tayanib, TOLOnews ma’lum qildi, deya xabar beradi  “TASS”.

Oldinroq 95 kishi halok bo‘lgani, 163 kishi yaralangani bildirilgandi.

Terrorchi-xudkush 27-yanvar kuni ichiga portlovchi modda joylashtirilgan avtomobilni Afg‘oniston poytaxtidagi hukumat dahasi yaqinida portlatib yubordi. Portlash Xavfsizlik bo‘yicha milliy direksiya binosi va Hindiston elchixonasi yaqinida yuz berdi.

Terakt uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga oldi. Mamlakatda milliy motam e’lon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan Ashraf G‘aniga hamdardlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют